Янгиликлар

PROFILAKTIK SUHBAT

O‘sha mashʼum tunda er-xotinning arzimagan janjali mudhish jinoyat bilan yakunlandi... Er o‘z xotinini ayamasdan do‘pposlashi oqibatida ayol jon taslim qildi.

Yangiobod mahallasi ahli o‘rtasida o‘tkazilgan profilaktik suhbat davomida bu jinoyat muhokama etildi.

KUZ-QISH MAVSUMIGA HOZIRLIK

Tinchlik mahallasining Gazchilar qo‘rg‘onidagi ko‘p qavatli uy-joylarni kuz-qish mavsumiga tayyorlashga alohida eʼtibor qaratilgan. Bu yerda ichki imkoniyatlar hamda hashar yo‘li bilan qurilish-taʼmirlash ishlari amalga oshirilmoqda.

Ayni paytda binolarni qayta pardozlash va bo‘yoqlash ishlari davom etmoqda.
________

ISTEʼMOLCHILAR DIQQATIGA!

Oqtosh shahridagi Bektosh Rahimov ko‘chasida rejali ishlar amalga oshirilayotgani bois Islom shoir mahallasining  ayrim hududida bugun – 8 sentyabr kuni soat 18:00 ga qadar elektr taʼminotida uzulishlar bo‘lishi mumkin.

Ushbu noqulayliklar uchun isteʼmolchilardan uzr so‘raymiz.

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM