Янгиликлар

Narpay xalqi diqqatiga!

DONORLIK – SAVOBLI AMAL

Donorlik – o‘zga bir insonning hayotini saqlab qolishdik sharafli va xayrli ishdir.

Shu yilning 26 avgustida tuman tibbiyot birlashmasida "Men donorman" xayriya qon topshirish aksiyasi bo‘lib o‘tadi.

“USTOZLAR MILLIY FORUMI”

“Yoshlar” istirohat bog‘ida “Ustozlar milliy forumi” bo‘lib o‘tdi. Forumda dastlab, tuman hokimi Sherzod Rahmonov 2021-2022 o‘quv yilida taʼlim sohasida erishilgan yutuqlar hamda yangi o‘quv yilida o‘qituvchilar oldida turgan dolzarb vazifalar yuzasidan maʼruza qildi.

KELGUSI VAZIFALAR BELGILANDI

Bugun maktabgacha taʼlim tizimi xodimlarining anʼanaviy Avgust anjumani bo‘lib o‘tdi. "Maktabgacha taʼlim sifati: joriy holati va istiqboldagi vazifalari" mavzusida o‘tkazilgan anjumanda sohada yil davomida erishilgan yutuqlar va yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar, shu kabi kelgusida kelajagimiz vorislari taʼlim-tarbiyasi yo‘lida belgilangan vazifalar xususida so‘z yuritildi.

YANGIDAN ASFALT YOTQIZILYAPTI

Yurtimiz mustaqilligining 31 yilligi oldidan yo‘llarni taʼmirlash ishlari yana-da jadal surʼatda amalga oshirilmoqda. Ayni paytda Oqtosh shahrining Amir Temur va Alisher Navoiy ko‘chalari kesishgan qismining 720 metri to‘liq yangidan asfaltlanyapti.

“Narpay agro trade” MCHJ tomonidan sifatli bajarilayotgan ishdan aholi juda mamnun.
________

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM