Янгиликлар

QO‘SHIMCHA GAZ BALLONLAR KELTIRILDI

Aholini suyultirilgan gaz bilan uzluksiz taʼminlash maqsadida “Narpaytumangaz” gaz taʼminoti korxonasiga 135 dona qo‘shimcha yangi suyultirilgan gaz ballonlari keltirildi.

Shu kunga qadar navbatda turgan fuqarolarga galma-gal gaz ballonlari tarqatiladi. Bu hali hammasi emas, yil oxiriga qadar yana yangi ballonlar keltirilishi ko‘zda tutilgan.
___

TURLI MILLAT “VAKILLARI” O‘Z TILLARIDA TABRIK SO‘ZI AYTISHDI

O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun munosabati bilan tuman xalq taʼlimi bo‘limi hamda 59-umumtaʼlim maktabi jamosi hamkorligida "Qadring baland bo‘lsin, ona tilim" shiori ostida tadbir uyushtirildi.

Tadbirda maktab o‘quvchilari turkiy til tarixiga oid sahna ko‘rinishlari, sheʼr va qo‘shiqlar ijro etdilar.

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM