Янгиликлар

QURILISH OBYEKTLARI O‘RGANILDI

Tumanimiz bo‘ylab hududlardagi taʼlim muassasalarini yangi o‘quv yiliga tayyorlash borasidagi keng ko‘lamli ishlar jadal suratda davom etmoqda.

Xususan, 13-18-54-umumtaʼlim maktablariga qo‘shimcha bino qurish hamda 41-48-maktabgacha taʼlim tashkilotlarining binolarini qayta taʼmirlash bo‘yicha qurilish ishlari olib borilyapti.

NARPAYDA IJTIMOIY HIMOYA SHTABI ISH BOSHLADI

Tuman hokimi, sektor rahbarlari va tegishli tashkilotlar masʼullari hamrohligida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligining hududiy bo‘linmalari faoliyatini samarali yo‘lga qo‘yish bo‘yicha Narpay tuman Shtabi tashkil qilinishi xususidagi masalalarni ko‘rib chiqishdi. Shuningdek, ushbu Shtabning kelgusidagi faoliyati to‘g‘risida tushunchalar berildi.
_______

QAROR IJROSI AMALDA

Tumani hokimligi Ishchi guruhi tomonidan "Samarqand suv taʼminoti" MCHJ tuman bo‘limi, tuman tibbiyot birlashmasi, Byudjetdan tashqari pensiya jamg‘armasi, "Xalq bank" Narpay tuman filiali, «Agrobank» tuman filiali O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining“ Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosiga bosqichma-bosqich to‘liq o‘tishni taʼminlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorining ijrosi yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM