Янгиликлар

NAVBAT RESPUBLIKA ChEMPIONATIGA

Shu yilning 9-10-fevral kunlari Samarqand viloyatida yoshlar o‘rtasida O‘zbekiston chempionati U-14 musobaqalari o‘tkazildi.

Sportning yengil atletika turi bo‘yicha bo‘lib o‘tgan musobaqada Narpay tumani sport maktabining 2 nafar o‘quvchisi faxrli birinchi o‘rinni qo‘lga kirib, Respublika chempionatida ishtirok etish uchun yo‘llanmaga ega bo‘lishdi.

BIR MFYDA OG‘IR SHAROITDAGI 10 OILA HOKIM NAZORATIDA

Tumanimizda Oqqo‘rg‘on tajribasi va namunasi asosida joylarda faol o‘rganishlar olib borilmoqda.

Bu gal birinchi sektor aʼzolari Ipak yo‘li mahallasida aholining turmush tarzi, muammolarini o‘rganishmoqda. Bugun sektor rahbari  Sherzod Rahmonov ushbu mahallada bo‘lib, o‘rganish jarayonlarini bevosita kuzatdi hamda ko‘plab oilalarga tashrif buyurdi. 

SAFARDAN SO‘NGI XULOSALAR

Avval xabar qilganimizdek, Samarqand viloyatining tuman hokimlari Andijon va Farg‘onada bo‘lib, u yerlarda amalga oshirilgan loyiha va tajribalar bilan yaqindan tanishib qaytdilar.

Birinchi sektor shtabida sektor rahbarlari, korxona, tashkilot masʼullari ishtirokida bo‘lib o‘tgan bugungi yig‘ilishda tuman hokimi safar taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi. 

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM