Янгиликлар

TUMAN KENGAShINING SESSIYASI

Tuman hokimligi majlislar zalida xalq deputatlari tuman Kengashining  oltmish beshinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
Sessiya ishini tuman hokimi Sherzod Rahmonov olib bordi.
Sessiyada xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari, siyosiy partiyalar vakillari, kun tartibiga dahldor korxona, tashkilot, muassasa   mas’ullari va ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdilar.

YАNGI TRANSFORMATOR IShGA TUShDI

Endi O‘zbekiston mahallasidagi xonadonlarga yanada sifatli elektr energiyasi yetib boradi. Chunki, bu mahalla ahlining hamjihatligi natijasida hududga hashar yo‘li bilan qo‘shimcha transformator keltirildi.

Bugun tuman elektr ta’minoti korxonasi xodimlari yangi transformatorni o‘rnatib, ishga tushirdilar.
------------------

“JAHOLATGA QARShI MA’RIFAT”

Yoshlarni diniy aqidaparastlar ta’siriga tushib qolishdan asrash uchun ularning ongini o‘stirish, bilimlarini oshirish zarur.  Zero, jaholatga qarshi faqat ma’rifat bilan kurashish mumkin.

Shu bois joylarda “Jaholatga qarshi ma’rifat” shiori ostida tadbirlar uyushtirilib, yoshlar o‘rtasida davra suhbatlari tashkil etilmoqda.

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM