Янгиликлар

TAYINLOV

Qobilov Bekmurod Ergash o‘g‘li - Narpay tuman ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi bo‘limi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Tayinlovga qadar u Narpay tuman ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi bo‘limi davlat inspektori vazifasida faoliyat yuritgan.
__

KO‘P QIRRALI YОSH TUMANDOSHIMIZ

Toshkent shahrida sportning badiiy gimnastika turi bo‘yicha 2007-2020 yillarda tug‘ilgan qizlar o‘rtasida "Spring Sup" nomli Respublika o‘smirlar oliy sport mahorati maktabi ochiq chempionati musobaqasi bo‘lib o‘tdi.

Unda tumanimizdagi 3-MTM tarbiyalanuvchisi Nafosatxon Shamsiddinova o‘zining mahorati va tezkorligi bilan 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi.

HOKIM KUBOGI UCHUN MUSOBAQA VA TANLOVLAR DAVOM ETMOQDA

Tumanimiz bo‘ylab, "Yoshlar oyligi" doirasida "Yangi O‘zbekiston yoshlari birlashaylik" shiori ostida o‘tkazilayotgan "Hokim kubogi" uchun musobaqa va tanlovlarning mahalla bosqichlari davom etmoqda. 

Ushbu loyihalar orqali mahallalarda aniqlanayotgan yangidan yangi iqtidor egalari hamda bilimdon, zakovatli yoshlar safi kun sayin ortib borayotir. 

TAYINLOV

Zaynutdinov Sanjar Mardanovich O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosining Narpay tuman bo‘limi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Tayinlovga qadar u O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosining Ishtixon tuman bo‘limi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.
_______

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM